Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashishdan oldingi so'nggi urinish edi, biroq u ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida tailandliklar foydasiga hal bo'ldi. "Buriram" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor gol urdi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta aniq zarba yo'lladi. Tez orada "Shanxay Shenxua" futbolchisi qizil kartochka olib, jamoa bir kishi kam bo'lib qolgani intriga so'nishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijining "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.