Luis Enrike PSJning Chelsi bilan bahsini baholadi

Luis Enrike PSJning Chelsi bilan bahsini baholadi

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlash natijalariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parijliklarning navbatdagi raqibi «Chelsi» bo‘ldi. Jamoalar oxirgi bor iyul oyida Klub jahon chempionati finalida to‘qnash kelgan, o‘shanda londonliklar fransuz grandini yirik hisobda mag‘lub etgandi — 3:0.

«Hech qanday revansh kayfiyati yo‘q. Ammo ingliz jamoalariga qarshi o‘yinlar har doim juda kuchli motivatsiya beradi. Klub jahon chempionatidan beri ko‘p narsa o‘zgardi — hozir vaziyat butunlay boshqa», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltiradi Topskills Sports UK.

PSJning uy uchrashuvi 11 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Javob bahsi esa 17 mart kuni Angliya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.