Ardon Yashari Milan safida orzusiga erishganini aytdi

Ardon Yashari Milan safida orzusiga erishganini aytdi

Shveysariyalik kosovarlik yarim himoyachi Ardon Yashari o'tgan yozda Belgiyaning "Bryugge" klubidagi yorqin o'yinlaridan so'ng "Milan" safiga ko'chib o'tgandi. Futbolchi italiyalik grandda to'p surish uning bolalikdagi orzusi bo'lganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Milan" men uchun juda katta ma'noga ega. Klub bilan shartnoma imzolash — ushalgan orzu. Muzokaralar ancha uzoq davom etdi. Hozir esa o'zimni jamoaga to'liq yordam berishga tayyor his qilyapman va uning muvaffaqiyati uchun borimni beraman", — deya Yasharining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.