Salah va van Deyk Vest Hemga qarshi asosiy tarkibda

Salah va van Deyk Vest Hemga qarshi asosiy tarkibda

Shanba kuni APLning 28-turi doirasida «Liverpul» o'z maydonida «Vest Hem»ni qabul qiladi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Maydonga quyidagi tarkib tushadi: Alisson, Gomes, van Deyk, Konate, Kerkez, Gravenberh, Mak Allister, Soboslai, Gakpo, Salah, Ekitike.

«Liverpul» – «Vest Hem» bahsi 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin jarayonini matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.

Hozircha «Liverpul» APL turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. To'rtinchi pog'onadagi «Manchester Yunayted»dan farq uch ochkoni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.