Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda keskin dedi

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda keskin dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi kuchli raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Shaharliklar" 1/8 final bosqichida yana Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida turnir qanchalik murakkab ekanini ta'kidladi: "Chempionlar ligasi juda qiyin. Istalgan jamoani ayting — har birining o'z kuchli tomoni bor. Bu musobaqada uzoqqa bormoqchi bo'lsangiz, eng zo'rlarni yutishingiz kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq emassiz", — dedi Gvardiola.

O'tgan mavsum Yevropaning eng nufuzli turnirida "Manchester Siti" aynan "Real" to'sig'idan o'ta olmagandi — jamoa pley-offning saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgan. Joriy kampaniyada esa ular umumiy bosqichda to'qnash kelib, bu safar ingliz grandi 2:1 hisobida ustun kelgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.