Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan qanday tanishganini yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining aytishicha, ularning ilk uchrashuvi televideniyedagi «La noche del 10» dasturi davomida bo‘lib o‘tgan. Futbolchini ushbu ko‘rsatuvga bevosita Maradonaning o‘zi taklif qilgan.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va jiyanlarim ham bor edi. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan», — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.