Luis Enrike: Neymarning «Barselona»da uzoq vaqt qolishini istardim

Luis Enrike: Neymarning «Barselona»da uzoq vaqt qolishini istardim
Ispaniyalik murabbiyi Luis Enrike Neymarning \"Barselona\" tarkibida urgan 100 - goli haqida fikr bildirdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

\"Raqamlar ham Neymarning kuchli futbolchi ekanligidan darak bermoqda. \"Barselona\" uni jamoaga taklif etib to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Neymar - har bir himoyachi uchun katta xavf tug‘dira oladi.

Men uning \"Barselona\" tarkibida yana 900 ta gol kiritib, Kataloniyad uzoq vaqt qolishini istardim\", - deydi Enrike Goal nashriga.

Eslatib o‘tamiz, kecha \"Barselona\" Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan \"Granada\"ga qarshi safar uchrashuvida 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarning biriga mualliflik qilgan Neymar o‘zining \"Barsa\"dagi 177 uchrashuvida 100 - golini nishonladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.