Manchester Siti Xusanov bilan Chelsi ustidan 3:0 g'alaba qozondi

Angliya Premier-ligasining 32-tur o\'yinida \"Manchester Siti\" Londondagi \"Stamford Bridge\" stadionida \"Chelsi\"ni 3:0 hisobida mag\'lub etdi.
Birinchi yarim vaqt ikki jamoa o\'rtasida tenglik bilan o\'tdi. Ikkinchi yarim vaqtda \"Manchester Siti\" tashabbusni qo\'lga olib, raqib darvozasiga bosimni kuchaytirdi.
51-daqiqada O\'Reyli Sherkining uzatmasidan bosh bilan gol urdi. 57-daqiqada Gexi standart vaziyatdan foydalanib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 68-daqiqada Doku \"Chelsi\" himoyachilarining xatosidan foydalanib, hisobni 3:0 ga olib chiqdi.
O\'zbekiston terma jamoasining himoyachisi Abdukodir Xusanov \"Manchester Siti\" asosiy tarkibida maydonga tushdi va barcha 90 daqiqani o\'ynadi.
APL. 32-tur. Chelsi — Manchester Siti 0:3
Gollar: O\'Reyli 51, Gexi 57, Doku 68.
Ushbu muhim g\'alabadan so\'ng \"Manchester Siti\" 64 ochko to\'plab, jadvaldagi ikkinchi o\'rinni saqlab qoldi. Gvardiola jamoasi lider \"Arsenal\"dan 6 ochko orqada va yana bir o\'yin zapasga ega.













