«Real» Teo Ernandes uchun 24 mln evro to‘laydi

«Real» Teo Ernandes uchun 24 mln evro to‘laydi
“Alaves” himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin. Marca nashrining xabar berishicha, tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan, deb yozadi \"Uff.uz\".

Unga ko‘ra, “qirollik klub”i Ernandes uchun 24 million evro to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Ernandesning transfer huquqi Madridning “Atletiko” jamoasiga tegishli. U “Alaves” tarkibida ijara asosida to‘p suradi.

Ernandes bu mavsum 24 o‘yinda maydonga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.