Rashfordning 13-goli «Barselona»ni chempionlikka yaqinlashtirdi

Rashfordning 13-goli «Barselona»ni chempionlikka yaqinlashtirdi

«Manchester Yunayted» klubidan ijaraga olingan Markus Rashford «Barselona» safida o\'zining yorqin o\'yinlarini davom ettirmoqda. Angliyalik hujumchi «Xetafe»ga qarshi bahsda o\'zining mavsumdagi 13-golini kiritib, jamoasining 2:0 hisobidagi g\'alabasini ta\'minladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Xansi Flik shogirdlari ushbu g\'alabadan so\'ng Ispaniya chempionligi sari muhim qadam tashladi. Rashford o\'zining tezkorligi va sovuqqonligi evaziga raqib himoyasini yorib o\'tib, uchrashuvdagi ikkinchi golga mualliflik qildi.

Rashfordning 13-goli «Barselona»ni chempionlikka yaqinlashtirdi

Bu uning so\'nggi to\'rtta o\'yindagi uchinchi goli bo\'ldi.

Hujumchining kelajagi borasidagi savollar hamon ochiq qolmoqda. «Barselona» rahbariyati, xususan sport direktori Deku futbolchini 26 mln funt sterlingga sotib olish borasida ikkilanmoqda.

Bunga klubning moliyaviy holati va futbolchining yuqori maoshi sabab qilib ko\'rsatilmoqda.

Ispaniya chempionatida «Barselona» peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Agar kataloniyaliklar muvaffaqiyatli seriyani davom ettirsa, 10 may kuni «Kamp Nou» stadionida o\'tadigan «El-Klasiko» bahsida muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.