Rashford «Barselona»da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'ldi

Rashford «Barselona»da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'ldi

Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Rashford «Barselona» tarkibida doimiy qolish uchun moliyaviy shartlarini pasaytirishga tayyorligini bildirdi. Hozirda ijara asosida Ispaniyada to'p surayotgan futbolchi «Manchester Yunayted»ga qaytish niyatida emas. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Xans-Diter Flik qo'l ostida Rashford o'zining eng yaxshi sport formasini tiklab oldi. Joriy mavsumda u kataloniyaliklar safida har 92 daqiqada bitta samarali harakatni amalga oshirmoqda.

Rashford «Barselona»da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'ldi

Uning «Xetafe»ga qarshi o'yindagi goli mavsumdagi 13-to'pi bo'ldi.

«Barselona» rahbariyati futbolchining transferini sotib olish masalasini ko'rib chiqmoqda, biroq klubning moliyaviy cheklovlari bu jarayonni murakkablashtirishi mumkin. Rashfordning o'zi esa Kataloniyadagi loyihaga to'liq sodiqligini va transfer yakunlanishini sabr bilan kutishini ma'lum qilgan.

Rashford «Barselona»da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'ldi

Hozirda «Manchester Yunayted»ni boshqarayotgan Maykl Kerrik hujumchining kelajagi borasida rasmiy bayonot bermadi. Shunga qaramay, futbolchining o'zi «Barselona» bilan La Liga chempionligini qo'lga kiritishni va jamoada uzoq muddat qolishni maqsad qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.