Enzo Fernandesning goli «Chelsi» jamoasini Angliya kubogi finaliga olib chiqdi

Enzo Fernandesning goli «Chelsi» jamoasini Angliya kubogi finaliga olib chiqdi

«Vembli» stadionida bo'lib o'tgan Angliya kubogi yarim finalida «Chelsi» jamoasi «Lids» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni birinchi bo'limda Enso Fernandes boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu g'alaba londonliklarga omadsiz kechayotgan mavsumda nufuzli sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatini taqdim etdi.

Enzo Fernandesning goli «Chelsi» jamoasini Angliya kubogi finaliga olib chiqdi

Vaqtincha bosh murabbiy Kalum Makfarlan boshqaruvidagi «Chelsi» o'yinda ancha faol ko'rindi. Jamoaning asosiy tarkibiga to'purar Joao Pedro qaytishi hujum chizig'ini kuchaytirdi.

Biroq uchrashuv boshida «Lids» vakili Brenden Aaronson hisobni ochishi mumkin edi, darvozabon Robert Sanches qiyin vaziyatda jamoasini qutqardi.

Enzo Fernandesning goli «Chelsi» jamoasini Angliya kubogi finaliga olib chiqdi

O'yinning 25-daqiqasida Pedro Netoning uzatmasidan so'ng Fernandes hisobni ochdi. Bahsning ikkinchi bo'limida «Lids» bosimni oshirgan bo'lsa-da, «Chelsi» himoyasi va darvozabon Sanches ishonchli o'yin namoyish etdi.

Ayniqsa, Anton Staxning kuchli zarbalari qaytarilishi londonliklarning g'alabasini ta'minladi.

Endilikda «Chelsi» may oyida bo'lib o'tadigan final bahsida Pep Gvardiola boshchiligidagi «Man Siti» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Murabbiy Makfarlan uchun bu joriy mavsumda Gvardiola bilan ikkinchi to'qnashuv bo'ladi.

Jamoa muxlislari ushbu g'alaba orqali mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklar o'rnini to'ldirishga umid qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.