Karrager «Liverpul» asosiy tarkibi uchun uchta yangi transferni amalga oshirishni talab qildi

Karrager «Liverpul» asosiy tarkibi uchun uchta yangi transferni amalga oshirishni talab qildi

«Liverpul» klubining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoaning so'nggi transferlari va hujumchi Aleksander Isakning o'yini borasida o'z xavotirlarini bildirdi. Uning fikricha, «Nyukasl»dan 125 million funt evaziga sotib olingan shvetsiyalik futbolchi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Isak Mersisayd klubidagi debyut mavsumida jarohatlar va beqaror o'yin sababli bor-yo'g'i to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Karrager futbolchining «Kristal Pelas»ga qarshi bahsdagi golidan keyin ham uning kelajagiga shubha bilan qarashini yashirmadi.

Karrager «Liverpul» asosiy tarkibi uchun uchta yangi transferni amalga oshirishni talab qildi

Ekspertning ta'kidlashicha, o'tgan yozda sarflangan 446 million funt sterling kutilgan natijani bermadi. U o'z tajribasidan kelib chiqib, «Liverpul»ga kelgan va birinchi mavsumida o'zini ko'rsata olmagan futbolchilar keyinchalik ham yulduzga aylanishi qiyinligini aytdi.

Arne Slot boshchiligidagi jamoa kelasi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashishni deyarli naqd qilgan bo'lsa-da, tarkibni jiddiy yangilashga muhtoj. Ayniqsa, joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan Muhammad Salahning o'rnini to'ldirish asosiy vazifa bo'lib qolmoqda.

Karrager «Liverpul» asosiy tarkibi uchun uchta yangi transferni amalga oshirishni talab qildi

Karragerning so'zlariga ko'ra, klub yozda besh-oltita o'rtacha futbolchi emas, balki asosiy tarkibga darhol kirib keta oladigan uchta yuqori saviyali ijrochini sotib olishi shart. Bu «Liverpul»ga yana yirik sovrinlar uchun kurashish imkonini beradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.