YCHLda «PSJ» va «Bavariya» hujumkor futbol kelajagini belgilab berdi

YCHLda «PSJ» va «Bavariya» hujumkor futbol kelajagini belgilab berdi

Yevropa futbolida hujumkor o'yin uslubi yangi bosqichga chiqmoqda. «PSJ» va «Bavariya» jamoalarining Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli yurishi zamonaviy futbol kelajagi qanday bo'lishini ko'rsatib bermoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sobiq himoyachi Stiven Uornok «Bavariya» va «Real Madrid» o'rtasidagi chorak final bahsini yuqori baholab, nemis klubining hujumkor salohiyatiga e'tibor qaratdi.

YCHLda «PSJ» va «Bavariya» hujumkor futbol kelajagini belgilab berdi

«Arsenal» ustozi Mikel Arteta o'z jamoasini Yevropadagi eng hayajonli klub deb hisoblasa-da, ko'plab ekspertlar London klubining o'yinini o'ta ehtiyotkor va pragmatik deb baholamoqda. «Arsenal» ketma-ket ikkinchi mavsum yarim finalga chiqqan bo'lsa-da, ularning o'yin uslubi ko'proq himoyaviy xarakterga ega ekani aytilmoqda.

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike esa butunlay boshqacha yondashuvni tanladi. Xvicha Kvarasxeliya transferidan so'ng parijliklar safida bir vaqtning o'zida uchta kuchli dribling ustasi maydonga tushadigan bo'ldi.

YCHLda «PSJ» va «Bavariya» hujumkor futbol kelajagini belgilab berdi

Usmon Dembelening markazga ko'chirilishi va qanotlardagi faollik «PSJ»ga tarixiy treblni qo'lga kiritishda yordam berdi.

«Bavariya» ham transfer bozorida kutilmagan yurish qildi. Myunxenliklar 28 yoshli Luis Dias uchun «Liverpul»ga 75 million yevro to'lab, hujum chizig'ini kuchaytirdi.

Filipp Lamning ta'kidlashicha, Dias nafaqat hujumda, balki himoyada ham tinimsiz mehnat qilishi bilan jamoa o'yinini yangi darajaga olib chiqdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.