Gavi besh oylik tanaffusdan so'ng "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi

Gavi besh oylik tanaffusdan so'ng "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jarohatidan tiklanish jarayonida muhim bosqichga yetdi. Ispaniyalik futbolchi besh oylik tanaffusdan so'ng ilk bor jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Juma kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotlar oldidan "La Masia" akademiyasi tarbiyalanuvchisini jamoadoshlari an'anaviy "shapaloqlar yo'lagi" bilan kutib olishdi. Bu voqea klub bazasida ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

Gavi besh oylik tanaffusdan so'ng "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi

Gavining safga qaytishi bosh murabbiy Xansi Flik jamoasi uchun ham taktik, ham ruhiy jihatdan katta yordam bo'lishi kutilmoqda. Futbolchi uzoq vaqt davomida tizzasidan olgan og'ir jarohati sababli maydonga tusha olmayotgan edi.

Mavsumning hal qiluvchi pallasi yaqinlashayotgan bir vaqtda, asosiy tarkib o'yinchisining guruhga qo'shilishi "Barselona"ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini oshiradi. Hozirda jamoa "Real Madrid" bilan qizg'in raqobat olib bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.