Eder Militao o'ng sonidan operatsiya qilinadigan bo'ldi

Eder Militao o'ng sonidan operatsiya qilinadigan bo'ldi

"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Eder Militao son qismidan olgan jiddiy jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. Futbolchi Finlyandiyadagi mutaxassislar ko'rigidan o'tgach, unga jarrohlik amaliyoti zarurligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu tashxis 26 yoshli himoyachining nafaqat joriy mavsumdagi ishtirokiga, balki 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashish rejalariga ham chek qo'ydi. Shifokorlar Militaoning tiklanish jarayoni kutilganidan ancha uzoq davom etishini tasdiqlashdi.

Eder Militao o'ng sonidan operatsiya qilinadigan bo'ldi

Braziliyalik yulduz uchun bu kutilmagan zarba bo'ldi, chunki u milliy terma jamoaning asosiy himoya qo'rg'onlaridan biri hisoblanardi. Endilikda futbolchi yaqin kunlarda operatsiya qilinadi va uzoq davom etadigan reabilitatsiya kursini boshlaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.