Andrew Robertson: Isak va Wirtz Liverpulda hali oʻzini koʻrsatadi

Andrew Robertson: Isak va Wirtz Liverpulda hali oʻzini koʻrsatadi

Liverpul himoyachisi Andrew Robertson jamoaning yangi aʼzolari Alexander Isak va Florian Virts atrofidagi tanqidlarga javob qaytardi. Shotlandiyalik futbolchi ushbu oʻyinchilarning Enfilddagi debyut mavsumi kutilganidek oʻtmagan boʻlsa-da, kelajakda ular klub afsonalariga aylanishiga ishonch bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mersisaydliklar tarkibni yangilash maqsadida Florian Virts uchun 116 million funt, Alexander Isak uchun esa Britaniya rekordi hisoblangan 125 million funt sarflagan edi. Biroq jamoaning umumiy oʻyinidagi pasayish va beqarorlik sababli har ikki yosh yulduz oʻzining eng yaxshi formasini namoyish etishga qiynaldi. Robertsonning fikricha, transfer summasining kattaligi futbolchilarga nisbatan adolatsiz bosimni yuzaga keltirmoqda.

"Futbolda meni eng koʻp gʻazablantiradigan narsa — futbolchilar oʻz narxini oʻzlari belgilamasligidir. Bu bozordagi talab va taklifga bogʻliq. Men mashgʻulotlarda va oʻyinlarda ularning munosabatini koʻrib turibman, ular Liverpulda ajoyib karyera qurishlariga shubham yoʻq. Faqatgina ularga biroz vaqt kerak", — deya taʼkidladi Robertson.

Hozirda Liverpul Angliya Premer-ligasida kuchli beshlikka kirish uchun kurash olib bormoqda. Robertson jamoa oʻtish davrini boshdan kechirayotganini va nafaqat yangi kelganlar, balki tajribali oʻyinchilar ham oʻz darajasidan pastroq harakat qilayotganini tan oldi. Shunga qaramay, u klubning kelajagi porloq ekaniga ishonchi komil.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.