Proteinli latte yoki mokko-antistress: Moskvada Yandex sunʼiy intellekti ishga tushdi

Proteinli latte yoki mokko-antistress: Moskvada Yandex sunʼiy intellekti ishga tushdi

“Drinkit” qahvaxonalar tarmogʻi Yandex B2B Tech bilan hamkorlikda neyro-barista loyihasini taqdim etdi. Yandex kompaniyasining maʼlum qilishicha, bu mijozlarning kayfiyati va xohish-istaklarini inobatga olgan holda noyob ichimliklar yarata oladigan Rossiyadagi birinchi sunʼiy intellekt agentidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi ichimlikni yaratish uchun mobil ilovada istalgan taʼm va holatni tavsiflash kifoya. Agar taklif qilingan retsept mijozga maʼqul kelsa, uni menyudagi oddiy mahsulot kabi buyurtma qilish mumkin. Sinov loyihasi doirasida neyro-barista hozircha uchta nuqtada ishlamoqda, biroq tez orada butun tarmoq boʻylab joriy etilishi kutilmoqda.

Sunʼiy intellekt foydalanuvchining holatiga qarab turli yechimlarni taklif qiladi. Masalan, yugurishdan soʻng u pishloqli koʻpik va proteinli sovuq latte, ishdan charchaganda esa maymunjon va taro sousli mokko-antistress tayyorlashni maslahat berishi mumkin. Zarurat tugʻilganda, mehmon ingredientlarni qoʻshish yoki olib tashlash orqali ichimlikni tahrirlashi ham mumkin.

“Drinkit” mobil ilovasi mahsulot direktori Nikita Laptevning taʼkidlashicha, neyro-barista Yandex AI Studio platformasida ishlaydi. Tizim joriy menyu va mavjud ingredientlar roʻyxatidan foydalanish imkoniyatiga ega. Retseptlar Yandex generativ modellari yordamida aynan shu maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.