Paulo Dibala: «Yuventus» afsonasi bo‘lishga umid qilaman

Paulo Dibala: «Yuventus» afsonasi bo‘lishga umid qilaman
\"Yuventus\" hujumchisi Paulo Dibala turinliklar sobiq hujumchisi Alessandro Del Peroga tenglashish istagi borligini bildirdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

\"Del Pero - hammaga o‘rnak bo‘ladigan futbolchi. Uning izidan borish oson emas. Maydonda ham, undan tashqarida ham u kabi bo‘lishni istayman. Del Pero bilan shaxsan ko‘rishish ajoyib ish bo‘lar edi. U buyuk futbolchi.

Menga hali ko‘p narsa etishmaydi. Masalan u mendan ko‘proq gol urar edi. O‘ninchi raqam? Agar rahbariyat so‘rasa, bu raqamni olishga tayyorman. Umid qilamanki men ham Del Pero kabi \"Yuventus\" afsonasi bo‘laman\", - deydi Dibala.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.