Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi

Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi
O‘zining dahshatli zarbalari bilan qit’amizdagi tengsiz bokschi hisoblangan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final jangiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Biroz avval yakuniga etgan 81 kg vazn toifasidagi yarim final jangida xitoylik Huan Jyabinga qarshi ringga ko‘tarilgan bokschimiz raqibini ikki daqiqada mag‘lub etdi. Ketma-ket zarbalarni qabul qilib olgan Chin yurti vakili jangni davom ettira olmadi.

U finalda Nuryadiev Nuryagdi (Turkmaniston) – Aljanov Yerik (Qozog‘iston) bahsida g‘alaba qozongan qozog‘istonlik bokschiga qarshi ringga chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.