Uzbek Tigers vs Cuba Domadores: hisob 2-0

Uzbek Tigers vs Cuba Domadores: hisob 2-0
Samarqand shahrining «Mo‘’jiza» amfiteatrida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning chorak final bahslari ilk janglari davom etmoqda. Unda Uzbek Tigers va Cuba Domadores bokschilari o‘zaro kuch sinashayotgani haqida xabar bergan edik.

Boks kechasini 49 kggacha bo‘lgan bokschilar boshlab berishganidan so‘ngra ringga 56 kg vazn toifasidagi sportchilar chiqib kelishdi. Rio-2016 bronza medali sohibi va Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliev hamda Kuba chempioni Xaver Ibanes ko‘tarilishdi.

Hakamlar yakdil qaroriga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliev g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.