«Yuventus» ketma-ket uchinchi marta Italiya kubogida zafar quchdi

«Yuventus» ketma-ket uchinchi marta Italiya kubogida zafar quchdi
Italiya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Yuventus» va «Lasio» jamoalari kuch sinashdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesh chap qanot himoyachisi Aleks Sandro tomonidan etkazib berilgan to‘pni golga aylantirdi. 24-daqiqada yana o‘sha Sandroning uzatmasidan so‘ng Leonardo Bonuchchi arqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalari va ikkinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.

Natijada «Yuventus» ketma-ket 3-marta, umumiy bo‘lib 12-marta Italiya kubogida zafar quchdi. «Lasio» esa so‘nggi uch yilda ikkinchi marta finalga yo‘l olib, ikki marta ham «Yuventus»ga imkoniyatni boy berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.