O‘zbekiston – Tailand chiptalari sotuvda: narxlar bilan tanishing

O‘zbekiston – Tailand chiptalari sotuvda: narxlar bilan tanishing
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Tailand termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yiniga chiptalar bugun, 2 iyundan “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.

Chiptalar narxi quyidagicha belgilangan:

Oddiy sektorlar – 20 ming so‘m;
VIP sektorlar – 60 ming so‘m.

Eslatib o‘tamiz, Tailandga qarshi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun Eron bilan JCh-2018 saralash o‘yinida tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 31 may kuni bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlab yuborgan edi.

Tailandga qarshi uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Eron – O‘zbekiston uchrashuvi esa 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.