«Paxtakor» klubi juma kuni Shota Arveladzeni rasman tanishtiradi!

«Paxtakor» klubi juma kuni Shota Arveladzeni rasman tanishtiradi!
Toshkentning \"Paxtakor\" klubi ma’muriyati barcha futbol ishqibozlari va Ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘zining chuqur hurmatini izhor qiladi va quyidagilarni ma’lum qiladi.

Erta o‘tib indinga, ya’ni juma 23 iyun kuni soat 18.00 da Markaziy \"Paxtakor\" stadionida jamoa bosh murabbiyi sifatida Gruziya terma jamoasi sobiq hujumchisi, mamlakatning eng yaxshi to‘purari Shota Yustinovich Arveladze rasman tanishtiriladi.

Bundan tashqari, taniqlik chernogoriyalik hujumchi Marko Simich bilan ham \"Paxtakor\" klubi yangi shartnoma imolash marosimini o‘tkazadi.

O‘z oldiga yuqori masqadlarni qo‘ygan \"Paxtakor\" jamoasi ushbu tadbirga ommaviy axborot vositalarini taklif etadi.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.