Tezkor xabar! "Nasaf"da yaponiyalik legioner ko‘rikdan o‘tmoqda

Tezkor xabar! "Nasaf"da yaponiyalik legioner ko‘rikdan o‘tmoqda
Hali 2017 yilgi mavsumning birinchi yarmi yakunlanishiga 1 tur qolgan bo‘lishiga qaramay, jamoalarimiz tarkibni kuchaytirish payiga tushib qolishdi. Bu albatta quvonarli xolat. Bugun \"Paxtakor\" yozgi transfer oynasini ochib berdi. Jamoa Simich bilan shartnoma imzoladi.

Endi esa Qarshidan ham transfer shamoli esa boshladi. SPORTS.uz ga ma’lum qilishlaricha, jamoa o‘z tarkibini yaponiyalik yarim himoyachi bilan kuchaytiradi.

Fakt uchun Qarshidagi \"ayg‘oqchi\"miz \"Nasaf\"ning bugungi mashg‘ulotini kuzatdi. Uning bizga etkazgan ma’lumotiga ko‘ra, Mosata ismli futbolchi ayni paytda klub qarorgohida ko‘rikdan o‘tmoqda. Bizga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi \"ajdarlar\"ning bugungi mashg‘ulotida ishtirok etgan va kuzatganlarda yaxshi taassurot uyg‘ota olgan.

Agar uning hatti harakatlari \"Nasaf\" rahbariyatini qoniqtirsa, Mosatani ikkinchi davrada \"Nasaf\" tarkibida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.