Migel Berchelt WBC kamarini ilk bor himoya qildi

Migel Berchelt WBC kamarini ilk bor himoya qildi
Bugun AQShda professional boks kechasi tashkil etildi. Bu haqda «Olamsport» sayti xabar berdi.

Oqshomning markaziy jangida birinchi yengil vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni meksikalik 25 yoshli Migel Berchelt ushbu titulning sobiq egasi yaponiyalik Takashi Miuraga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang g‘olibi ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan - 116-111, 119-108 va 120-109 hisobida amaldagi chempion Bercheltning g‘alabasini ta’minlashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.