«Roma» penaltilar seriyasida «PSJ»ga yutqazib qo‘ydi

«Roma» penaltilar seriyasida «PSJ»ga yutqazib qo‘ydi
International champions cup xalqaro o‘rtoqlik turnirining AQShdagi bahslari davom etmoqda.

Bu safar Rimning «Roma» jamoasi Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi maydonga tushib, asosiy vaqtda durang natija qayd etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Natijada hakam o‘yindan keyingi penaltilar seriyasiga jamoalarni taklif qildi. Rimliklar tarkibida Jersonning xatosi qimmatga tushdi va natijada parijliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

International champions cup
AQSh

«Roma» – «PSJ» – 1:1 (0:1), pen bo‘yicha 3:5
Gollar: Umar (60) – Markinos (36).
Penaltilar seriyasi: 0:1 – Lukas Moura, 1:1 – Bruno Peres, 1:2 – Nkunku, 2:2 – Nainggolan, 2:3 – Kallegari, 2:3 – Jerson (xato), 2:4 – Eduar, 3:4 – de Rossi, 3:5 – Markinos.
«Roma»: Alisson, Bruno Peres, Moreno (Kastan, 46), Manolas (Fasio, 46), Jezus (Sek, 84), Gonalon (de Rossi, 61), Iturbe (Jerson, 46), Strotman (Nainggolan, 46), Lorenso Pellegrini (Tumminello, 46), Perotti (Antonuchchi, 61), Djeko (Umar, 46).
«PSJ»: Areolya, Dani Alves (Nkunku, 69), Kurzava (Yuri, 72), Markinos, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo (Matyuidi, 46), Lukas Moura, Tiago Motta (Kallegari, 69), Lo Chelso (Bernede, 82), Pastore (Gedesh, 69), Xese (Eduar, 82).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.