Bosh hakam o‘yin vaqtida futbolchini o‘limdan saqlab qoldi (Video)

Bosh hakam o‘yin vaqtida futbolchini o‘limdan saqlab qoldi (Video)
Argentina chempionatining «San-Migel» va «Defensores Unidos» uchrashuvi bosh hakami futbolchilardan birining hayotini saqlab qoldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Futbolchi Isais Olariage raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketgan va erga qulab hushidan ketgan. Buni sezgan hakam Yael Falkon zudlik bilan unga birinchi yordamni ko‘rsatgan.

Arbitrning so‘zlariga ko‘ra, u futbolchining tilini ushlab qolishga uringan. Chunki aynan shu ish uning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligini sezgan.

Birinchi yordamdan so‘ng futbolchi kasalxonaga etkazilgan. Shifokorlarning aytishicha, Olariagega hakam ko‘rsatgan yordam tufayli uning hayoti saqlab qolingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.