Reuters: Blatter Platinining FIFA prezidenti lavozimiga saylanishiga to‘sqinlik qilmoqchi

Reuters: Blatter Platinining FIFA prezidenti lavozimiga saylanishiga to‘sqinlik qilmoqchi
Reuters: Blatter Platinining FIFA prezidenti lavozimiga saylanishiga to‘sqinlik qilmoqchi

FIFA prezidenti Yozef Blatter UEFA prezidenti Mishel Platiniga o‘zining lavozimini egallashida xalaqit berish maqsadida o‘ziga o‘rinbosar topishni mo‘ljallayapti, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Blatter Platini uning vorisi bo‘lmasligi uchun barcha imkoni bor narsani ishga soladi. U Platinini saylovlarda enga oladigan munosib nomzod qidirmoqda. Hozircha Blatter bunday nomzodni topa olmadi, lekin u bunday odamni topa olishiga shubha qilmasa bo‘ladi”, deb aytdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan FIFAning yuqori lavozimdagi sobiq vakillaridan biri.

FIFA prezidentining navbatdan tashqari saylovlari 2016 yil 26 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.