Joze Mourino: Bir kishi kam bo‘lib o‘ynashni ko‘p mashq qilishimiz kerak

Joze Mourino: Bir kishi kam bo‘lib o‘ynashni ko‘p mashq qilishimiz kerak
Joze Mourino: Bir kishi kam bo‘lib o‘ynashni ko‘p mashq qilishimiz kerak

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Vest Bromvich” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

“Biz bir kishi kam bo‘lib o‘ynashni ko‘p mashq qilishimiz kerak. Har bir futbolchi son jihatdan maydonda tenglik yo‘qolganda qanday harakat qilishni bilishi zarur. “Suonsi”ga qarshi o‘yinda bir kishi kam bo‘lib qolib, hisobni o‘zgartirishga harakat qilgandik.

Bu safar esa bir kishi kam bo‘lib qolganda hisobni ushlab qolishga harakat qildik. Mashg‘ulotlarda turli holatlar ustida ish olib borishimiz darkor. Futbolda kutilmagan voqealar ko‘p uchrab turadi”, - deydi Mourino.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.