«Paxtakor» Turkiya 2-ligasi vakiliga yutqazib qo‘ydi

«Paxtakor» Turkiya 2-ligasi vakiliga yutqazib qo‘ydi
\"Paxtakor\" Turkiyadagi so‘nggi nazorat bellashuvida \"Istanbulspor\"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yig‘indagi oxirgi uchrashuvda ikkinchi bo‘limda penaltidan urilgan gol raqibga g‘alaba keltirdi. \"Paxtakor\" endi Toshkentga qaytib keladi va ikkinchi davraning ilk o‘yinida \"Qizilqum\"ga qarshi safarda maydonga tushish uchun hozirlikka kirishadi.

\"Paxtakor\" - \"Istanbulspor\" - 0:1
\"Paxtakor\": Suyunov, Yo‘ldoshev, A’zamov, Tojiev, Alijonov, Ismatullaev, Yusupov, Iskanderov, Yaxshiboyev, Hakimov, O‘rinboyev.

Zaxiradan tushganlar: Ibrohimov, Sa’dillaev, Ermamatov, Ahmedov.


Manba: www.pakhtakor.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.