Amputantlar o‘rtasida JCh. Rossiya va Angola finalga chiqishdi

Amputantlar o‘rtasida JCh. Rossiya va Angola finalga chiqishdi
Amputantlar o‘rtasida JCh. Rossiya va Angola finalga chiqishdi

Meksikaning Kulikan shahrida bo‘lib o‘tayotgan nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionatida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Stadion.uz».

O‘zbekiston terma jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan Angola yarim finalda Polsha bilan bahs olib bordi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa ular oltin medal uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Rossiya terma jamoasi esa qo‘shimcha vaqtlarda Turkiyani mag‘lub etdi — 1:0. Ruslar bugun finalda Angola bilan bahslashadilar. Bronza medali uchun Polsha va Turkiya terma jamoalari maydonga chiqadilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.