Fransiyada Neymar o‘yinini ko‘ruvchi ishqibozlar soni bir milliondan oshdi

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar chempionatning 2-turidan o‘rin olgan “Gengam”ga qarshi uchrashuv (3:0) da parijliklar safida debyut o‘yinini o‘tkazdi.
“Canal+” telekanali orqali uzatilgan “Gengam” – PSJ uchrashuvida gol urgan Neymarning o‘yinini Fransiyada 1,25 million tomoshabin ko‘rgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Neymar maydonga tushgan o‘yin Fransiya chempionatining aprel oyidagi PSJ – “Nissa” uchrashuvi (1,4 mln) dan so‘ng eng ko‘p tomoshabinni yig‘a oldi, deydi Qalampir nashri.
Bundan tashqari, “Gengam” – PSJ uchrashuvi translyasiyasi yakshanba oqshomidagi eng ommabop ko‘rsatuvlar ro‘yxatining kuchli beshligiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymar transferi uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘ladi va uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Canal+” telekanali orqali uzatilgan “Gengam” – PSJ uchrashuvida gol urgan Neymarning o‘yinini Fransiyada 1,25 million tomoshabin ko‘rgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Neymar maydonga tushgan o‘yin Fransiya chempionatining aprel oyidagi PSJ – “Nissa” uchrashuvi (1,4 mln) dan so‘ng eng ko‘p tomoshabinni yig‘a oldi, deydi Qalampir nashri.
Bundan tashqari, “Gengam” – PSJ uchrashuvi translyasiyasi yakshanba oqshomidagi eng ommabop ko‘rsatuvlar ro‘yxatining kuchli beshligiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymar transferi uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘ladi va uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













