Portugaliyalik folbinning aytishicha, Ronaldu otasining dafn marosimiga bormay qarg‘ishga uchragan

Portugaliyalik folbinning aytishicha, Ronaldu otasining dafn marosimiga bormay qarg‘ishga uchragan
Portugaliyalik folbin Fernando Nogeyraning so‘zlariga ko‘ra, \"Real\" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2005 yilda otasining dafn marosimiga kelmay, qarg‘ishga uchragan ekan.

O‘shanda futbolchi JCh-2006 saralash uchrashuvida Rossiyaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan. Folbinning ta’kidlashicha, aynan shu sabab tufayli Ronalduni so‘nggi vaqtda omadsizliklar ta’qib qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya prokuraturasi soliq to‘lamaganligi uchun Krishtianu Ronalduga nisbatan ish ochgan edi. Shu bilan birga, portugaliyalik \"Barselona\"ga qarshi bahsda hakamni turtgani uchun 5 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan.

\"Ronaldu ruhan kuchsizlangan. U futbol o‘ynab, otasining dafn marosimiga bormadi va ko‘plab salbiy energiyalarni ozodlikka chiqarib yubordi. Krishtianu otasi bilan xayrlashmadi va u bilan uzoq vaqt suhbatlashmagan. Ronalduga yordam berishdan baxtli bo‘lardim. Buni tekinga bajarishga ham roziman\" - deydi folbin.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.