Gamburg-2017: Shahram G‘iyosovdan "Shahram shou"

Gamburg-2017: Shahram G‘iyosovdan "Shahram shou"
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bellashuvlari davom etmoqda.

Biroz avval Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov (69 kg) yarim uchun kechgan jangini angliyalik Pet MakKormakka qarshi o‘tkazdi.

Murosasiz kechgan bellashuvda Shahram o‘zining ajoyib texnikasi va kuchli zarbalari bilan teleekran qarshisida o‘tirgan millionlab yurtdoshlarimizga olam-olam quvonch ulashdi.

Hakamlar esa bir ovozdan G‘iyosovning g‘alabasi(5:0)ni qayd etishdi.

Manba: sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.