Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik raqibining dodini berdi

Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik raqibining dodini berdi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bellashuvlari oxirlab bormoqda.

Mazkur janglarning birida 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bektemir Meliqo‘ziyev Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati finalida to‘qnash kelgan qozog‘istonlik Yerik Aljanov bilan kuch sinashdi. O‘shanda bokschimiz raqibini mag‘lub etib, qit’a chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan edi.

Bugungi bellashuvda qozoq bokschisi revansh olishga urinib ko‘rdi. Biroq Bektemir o‘zining o‘ta kuchli va chaqqon harakatlari bilan raqib boksichisiga og‘ir jarohatlar yetkazdi. Buning oqibatida jang bir necha marta ma’lum vaqtga to‘xtatib turildi.

Yakunda esa hakamlar Meliqo‘ziyevning 3:2 hisobidagi g‘alabasini e’lon kilishdi va Bektemir yarim finalda!

Manba: sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.