Uch surat. O‘yindan keyin karta o‘ynash kimga yarashadi?

Uch surat. O‘yindan keyin karta o‘ynash kimga yarashadi?
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari 31 avgust kuni Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng 1 sentyabr kuni Toshkentga qaytib kelishdi. Terma jamoa futbolchilari bilan bir samolyotda kelgan yo‘lovchilar ijtimoiy tarmoqlarda joylayotgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar mavzusiga aylandi, deb yozadi Tribuna.uz sayti.

Bu suratlarda Xitoydan mag‘lub bo‘lgan terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi a’zolari hech narsa bo‘lmagandek samolyot bortida karta o‘ynab o‘tirishganini ko‘rish mumkin.
Уч сурат. Ўйиндан кейин карта ўйнаш кимга ярашади?
Samolyotda bo‘lgan futbol ishqibozlardan biri karta o‘ynab o‘tirgan futbolchilar suratiga «Mana futbolchilarimiz asl ahvoli», deya izoh bergan.

Ayni vaqtda futbol muxlislari bir ovozdan bu holatni keskin qoralamoqda.

Bu vaqtda esa internetda Toshkentga shu kuni uchgan Janubiy Koreya terma jamoasi samolyotidan surat paydo bo‘ldi. Unda koreyaliklar murabbiylari samolyot bortida ham O‘zbekiston terma jamoasining Xitoyga qarshi o‘yinini tahlil qilib ketayotgani ko‘rinadi.
Uch surat. O‘yindan keyin karta o‘ynash kimga yarashadi?
Quyidagi surat esa Neymarning Instagramdagi sahifasidan. Unda ham braziliyalik futbolchilar qarta o‘ynashmoqda. Ammo ularga hech kim hech narsa demayapti. Chunki, ular maydondagi ishni qoyillatib qo‘yishgan va navbatdagi raqibni ham mag‘lub qilishgandi.
Uch surat. O‘yindan keyin karta o‘ynash kimga yarashadi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.