JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)

JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash uchrashuvlari asta-sekin o‘z yakuniga yetmoqda.

Dunyodagi eng katta mamlakatda bo‘lib o‘tadigan mundialga oz qolmoqda. Shu munosabat bilan Rossiyadagi stadionlarning hozirgi holati bilan qiziqdik va ularning suratlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

\"Volgograd Arena\"
Sig‘imi: 45568 muxlis.
Topshirish muddati: dekabr 2017.
Egalik qiluvchi klub: \"Rotor\"
Volga daryosi qirg‘og‘ida joylashgan stadionda asosiy monolit ishlari yakunlangan. Ayni damda 11 ming kvadrat metr oynalashtirilmoqda.
ЖЧ-2018 стадионлари ҳозир қандай кўринишда? (фотогалерея)
\"Yekaterinburg Arena\"
Sig‘imi: 35696 kishi.
Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.
Egalik qiluvchi klub: \"Ural\".
Yozda Yekaterinburgda tribuna ustidagi tom qurilishi yakunlandi. \"Markaziy\" stadionining tarixiy ko‘rinishi yangi arenada saqlanib qoladi. 1950 yillarning madaniy yodgorliklari hisoblangan elementlar restavratsiya qilinmoqda: Ikki tribuna devorlari, haykallar, kassa binolari.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Kaliningrad\" stadioni
Sig‘imi: 35212 kishi.
Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.
Egalik qiluvchi klub: \"Baltika\".
Kaliningrad markazidagi Oktyabrskiy orolida joylashgan \"Kaliningrad\" stadioni toza maydonda tiklanmoqda - avval orolning bu qismida hech narsa qurilmagan. Stadion 80%ga tayyor. Ayni damda arenaning pardoz ishlari davom etmoqda.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Nijniy Novgorod\" stadioni
Sig‘imi: 45331 kishi.
Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.
Egalik qiluvchi klub: \"Olimpiyets\".
Nijniy Novgorodda tribuna va foye ustidagi metallokonstruksiyali qoplama montaji yakunlandi. Pardoz va vitrajlar o‘rnatish ishlari ketmoqda.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Rostov Arena\"
Sig‘imi: 45145 kishi.
Topshirish muddati: 2017 yil noyabr.
Egalik qiluvchi klub: \"Rostov\".
Stadion mashhur Don daryosining chap qirg‘og‘ida, odamlar yashamaydigan joyda qurilmoqda. Qurilish grafikdan biroz oldinda. Temirbeton va montaj ishlari yakunlangan, xonalarni pardozlash jarayoni ketmoqda. Chim ekildi va kuz oxirida test uchrashuvlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Samara Arena\"
Sig‘imi: 44807 kishi.
Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.
Egalik qiluvchi klub: \"Krilya Sovetov\".
Yangi stadion Samara markazida - Radiotsentr posyolkasi tumanida qurilmoqda. Qurilish maydonida yoritish machtalarining montaji, gumbazlar metallokonstruksiyasi, devor va panjalara o‘rnatish ishlari ketmoqda.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Mordoviya Arena\"
Sig‘imi: 44149 kishi.
Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.
Egalik qiluvchi klub: \"Mordoviya\".
\"Mordoviya Arena\" quruvchilari sentyabr oyida stadionning tashqi qismini qoplashni boshlashadi. Tez orada chim ekiladi.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Lujniki stadioni\"
Sig‘imi: 81006 kishi.
Topshirish muddati: Stadion qurib bitkazilgan.
Egalik qiluvchi klub: Rossiya terma jamoasi.
JCh-2018 asosiy stadionining rekonstruksiya ishlari iyunda yakunlangan. Hozir arena atrofida ba’zi kamchiliklar bartaraf etilmoqda. \"Lujniki\"ning tarixiy ko‘rinishi saqlanib qolgan, ammo ichki qismi to‘liq o‘zgartirilgan: Endi yugurish yo‘lakchalari yo‘q, tribuna maydonga yaqinroq, chim tabiiy. Noyabr oyida stadion Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi ilk uchrashuvni qabul qilishi kerak.
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Spartak\" stadioni
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Sankt-Peterburg\" stadioni
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Qozon Arena\"
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)
\"Fisht\" stadioni
JCh-2018 stadionlari hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya)

Manba: championat.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.