Oliy Liga. 20-tur natijalari va to‘liq jadval

Oliy Liga. 20-tur natijalari va to‘liq jadval
Kecha o‘tkazilgan “Metallurg” hamda “Paxtakor” (1:3) klublari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng milliy chempionatimizning navbatdagi turiga yakun yasaldi.

Ushbu tur qiziqarli bahslar va ko‘plab gollar bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Ilk o‘yinni “Obod” va “So‘g‘diyona” klublari boshlab berishdi, bu uchrashuvda darvozalarga jami oltita to‘p kiritildi va o‘yin mehmonlarning (2:4) g‘alabasi bilan yakun topdi.

Samarqandda o‘tkazilgan “Dinamo” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida hisob ochilmadi, hamda yetakchilar qatorida ketayotgan qo‘qonliklar qimmatli ikki ochkoni yo‘qotdilar. Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda ketayotgan “Buxoro” jadvalning oxiridan ikkinchi joylashgan “Neftchi” maydoniga safar qildi va g‘alaba bilan qaytdi.

“Mash’al” Muborakdagi o‘yinda “Navbahor”ni 2:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, “Nasaf” ham o‘z maydonida “Olmaliq”ni (1:0) bitta to‘p farqi bilan yengdi.

Turnir peshqadami “Lokomotiv” G‘uzorning “Sho‘rtan” (1:0) klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi va chempionlik yo‘lidagi navbatdagi qadamini tashladi. Dramatik ruhda kechgan “Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvida (3:3) jangovar durang qayd etildi. “Paxtakor” esa Bekoboddan 3 ochko bilan qaytishga erishdi.

20-tur natijalari va to‘liq jadval bilan tanishing:
Oliy Liga. 20-tur natijalari va to‘liq jadval
Oliy Liga. 20-tur natijalari va to‘liq jadval

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.