UEFA prezidenti «PSJ»ga tahdid qildi

UEFA prezidenti «PSJ»ga tahdid qildi
UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin «PSJ»ning Neymar va Kilian Mbappe (222 million va 180 mln yevro) transferi bo‘yicha fikr bildira turib, ularning moliyaviy feyr-pley talablari bo‘yicha jazoga tortilish imkoniyatini baholadi.

«Men Platinidek mashhurlikka intilsam, «PSJ»ni yevrokuboklardan chetlatishim kerak bo‘ladi», – degan Cheferin.

«Hech kim qonundan ustun bo‘lmaydi. Yaqin vaqt ichida biz parijliklarning transferlari bo‘yicha tekshiruvlar natijalarini ko‘rib chiqamiz. Sanksiyalar o‘ta beshafqat bo‘lishi mumkin», – deya UYeFA prezidentining tahdidona so‘zlarini keltirgan L\'Equipe.

«Agar «PSJ»ning aybi isbotlansa, men bu klubni yevrokuboklardan chetlataman. Biz jazolashdan qo‘rqmaymiz», – deya qo‘shimcha qilgan sloveniyalik amaldor.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA «PSJ»ning moliyaviy feyr-pley qoidalari talablariga qanchalik amalga qilgani bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.