Golovkin va Alvares jangi yakunlandi

Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
16 sentyabr oqshomida (Toshkent vaqti bilan 17 sentyabr kuni tongi) AQShning Las-Vegas shahrida joylashgan mashhur T-Mobile arenada professional boks bo‘yicha yilning muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishlarida jahon chempioni, shu vaqtga qadar hech bir jangida mag‘lub bo‘lmagan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin The Ring versiyasi bo‘yicha vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘rtaga WBC, WBA, IBF va IBO kamarlari tikilgan ushbu jang 12 raund davom etdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, jang durang bilan yakunlandi — 118-110 (Alvares), 115-113 (Golovkin) va 114-114.

Natijada Golovkin kamarlarni o‘zida saqlab qoldi.
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi
Alvares o‘z faoliyatida shu vaqtgacha 51 jang o‘tkazib, 49 g‘alaba (34 nokaut) bir durang va bir mag‘lubiyat (Floyd Meyvezerdan) qayd etgan.

34 yoshli qozog‘istonlik bokschi hisobida jami 37ta g‘alaba bor (ulardan 33tasi nokaut bilan). U hamon yengilmas bokschi bo‘lib qolmoqda.
Golovkin va Alvares jangi yakunlandi

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.