“Barselona” Dembelening jarohati sabab 10 mln yevro iqtisod qiladi

“Barselona” Dembelening jarohati sabab 10 mln yevro iqtisod qiladi
Ispaniya chempionatining 4-turida “Barselona” safarda “Xetafe”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim o‘rtalarida kataloniyaliklar hujumchisi Usmon Dembele jarohat olib, maydonnni tark etgandi. Jarohat ancha jiddiy bo‘lib chiqdi va Usmon 4 oy mobaynida maydonga tusha olmadi.

AS nashrining xabar berishicha, fransiyalik futbolchining jarohati sabab “Barselona” 10 million yevro iqtisod qiladi. Kataloniyaliklar “Borussiya”ga aynan 10 millon yevro bonusni to‘lashmaydi.

Ma’lumot uchun, Dembele Finlyandiyaga yo‘l oladi va o‘sha yerda jarrohlik stoliga yotadi. “Barselona” Usmon uchun 105 million yevro to‘lagan edi.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.