Amerikalik bokschi Roy Jons o‘zini "rus" deb atadi

Amerikalik bokschi Roy Jons o‘zini "rus" deb atadi
Rossiya fuqaroligiga ega amerikalik bokschi Roy Jons Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 65 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi va o‘zini \"rus\" deb atadi.

\"Tug‘ilgan kuningiz bilan, Rossiya prezidenti, javob Vladimir Putin. Sizning hamyurtingiz bo‘lish va siz boshqarayotgan davlatni bilish imkoniyatini berganingiz uchun katta rahmat. Umid qilamanki, ajoyib bir kun siz nafaqat dunyodagi eng yaxshi, balki eng mashhur odamga aylanasiz. Barcha qilayotgan ishlaringiz uchun sizga rahmat. Tangri sizni panohida asrasin. Pasport uchun yana bir bor rahmat. Men – rusman\", deb aytgan Jons.

Jons 4 ta vazn toifasida (72,6 kg, 76,2 kg, 79,38 kg gacha va o‘ta og‘ir vazn toifalari) jahon chempioni bo‘la olgan dunyodagi birinchi bokschi hisoblanadi. Bokschining hisobida 65 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubit bor. Bokschi Rossiya fuqaroligini 2015 yil sentyabrida olgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.