Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga keladi

Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga keladi
\"Real\" himoyachisi Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga kelishi kutilmoqda.

\"Shuni ma’lum qilmoqchimanki, biz uchinchi marta ota-ona bo‘lamiz. Biz juda ham hayajondamiz va baxtlimiz. Quvonchimizga sherik bo‘layotganingiz uchun rahmat\", - deya yozdi Ramos o‘zining Instagramdagi sahifasiga.

Serxio Ramos va ispaniyalik taniqli teleboshlovchi hamda model Pilar Rubio hozirda ikki nafar o‘g‘il — 3 yoshli Serxio va 2 yoshli Markoni tarbiyalashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, \"Real\"ning bosh yulduzi Krishtianu Ronaldu ham tez orada ota bo‘ladi. Ispaniya OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, Jorjina Rodriges qiz farzandni dunyoga keltirishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.