Simeone: "Atletiko" o‘zi istagandek o‘ynay olmadi"

Simeone: "Atletiko" o‘zi istagandek o‘ynay olmadi"
\"Atletiko\" bosh murabbiyi Diyego Simeone \"Barselona\"ga qarshi bo‘lib o‘tgan LaLiganing 8-tur uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.

\"Bu bahs har xil uslubda o‘ynaydigan jamoalarning ajoyib o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ammo 60-daqiqadan raqib ko‘proq hujum qila boshladi, chunki ular hisobni tenglashtirishni istayotgandi. Yaxshi himoyalandik, biroq xohlaganimizdek o‘ynay olmadik.

Saul o‘sishda davom etyapti, u biz uchun juda muhim futbolchi. Biz unga katta umid bildiryapmiz, chunki Saul kelajagimiz\" - deydi Simeone.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.