Absolyut rekord: 10 ta vaznda 10 ta oltin medal qo‘lga kiritildi

Absolyut rekord: 10 ta vaznda 10 ta oltin medal qo‘lga kiritildi
Rossiyaning Yaroslavl shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnirda mezbon bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Belorus, Qozog‘iston hamda Ukrainadan kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘n vazn toifasida ringga ko‘tarildi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan 48kg.da Ahmadjon Ahmedov, 50 kg.da Koblanbay To‘raboyev, 52 kg.da Farhod Eshmahametov, 54 kg.da Ruslan Abdullayev, 57 kg.da Asadbek Abduraimov, 60 kg.da Farruhbek Xasanov, 63 kg.da Login Petrov, 66 kg.da Nurislom Isomilov, 70 kg.da Jahongir Zokirov, 75 kg.da Shoxjahon Abdullayev barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Nurislom Ismoilov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.