Zabihillo O‘rinboyev — finalning eng yaxshi o‘yinchisi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqa finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Terma jamoamiz sardori Zabihillo O‘rinboyev final uchrashuvida ajoyib o‘yin namoyish qilib, g‘alabamizga katta hissa qo‘shdi. U dastlab 43-daqiqada hisobni ochdi. Yaponiya hisobni tenglashtirgandan keyin, yana O‘rinboyev katta sahnaga chiqib, 73-daqiqada boshi bilan chiroyli zarba yo‘llagan holda O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
O‘yindan keyin penaltilar seriyasida ham ishonchli tarzda penaltini ijro etib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Zabihillo O‘rinboyev uchrashuvdan so‘ng finalning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi va maxsus sovrinni qabul qilib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Terma jamoamiz sardori Zabihillo O‘rinboyev final uchrashuvida ajoyib o‘yin namoyish qilib, g‘alabamizga katta hissa qo‘shdi. U dastlab 43-daqiqada hisobni ochdi. Yaponiya hisobni tenglashtirgandan keyin, yana O‘rinboyev katta sahnaga chiqib, 73-daqiqada boshi bilan chiroyli zarba yo‘llagan holda O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
O‘yindan keyin penaltilar seriyasida ham ishonchli tarzda penaltini ijro etib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Zabihillo O‘rinboyev uchrashuvdan so‘ng finalning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi va maxsus sovrinni qabul qilib oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













