Vetnam olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining finaliga chiqdi

Vetnam olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining finaliga chiqdi
Xitoyda davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rasidagi Osiyo chempionatining yarim final bosqichidan o‘rin olgan Qatar hamda Vetnam terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda vetnamliklarning qo‘li baland keldi.

O‘yin asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakun topgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Vetnam 4:3 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, Vetnam Osiyo chempionati finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan birinchi jamoa bo‘ldi.

Ikkinchi finalchi nomi bugun O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hal bo‘ladi. Uchrashuv vaqti 16:30 ga belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.