Umid Ahmadjonov «Nasaf»ni Osiyo chempionlar ligasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Umid Ahmadjonov «Nasaf»ni Osiyo chempionlar ligasidagi g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va mamlakat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov \"Nasaf\"ni Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

\"O‘yinni Dohadan tomosha qildim. Sizlar yoshlarimiz boshlab bergan bayramni davom etishiga sababchi bo‘ldinglar. Ayniqsa o‘yin gollarga boy bo‘lgani, hisob bunday yirik ko‘rinishni hosil qilishi yurtimiz charm to‘p ixlosmandlarini ikki karra xursand qildi. Ushbu g‘alaba bilan sizlarni tabriklayman.

Umid qilamanki, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilasizlar. Meni yanada quvontirgani, kechagina Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lib, “Nasaf” tarkibiga kecha kechqurun kelib qo‘shilgan yosh futbolchilarimiz Bobir Abduxoliqov va Azizjon G‘aniyevlar ham o‘z gollari orqali jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shdi. G‘alaba muborak bo‘lsin, yigitlar\", - dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.