«Barselona» rekord o‘rnatdi: Gvardiolaning natijasi yangilandi

«Barselona» rekord o‘rnatdi: Gvardiolaning natijasi yangilandi
La Liganing navbatdagi turida «Barselona» safarda «Espanol» bilan durang (1:1) o‘ynadi.

Shu tarzda, kataloniyaliklarning mazkur mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 22 uchrashuvga yetdi.

Valverdening «Barselona»si bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zining avvalgi rekordini yangiladi. 2009/10 yilgi mavsumda klub Pep Gvardiola qo‘l ostida 21 mag‘lubiyatsiz uchrashuvdan iborat rekord o‘rnatgandi.

«Barsa» La Ligada peshqadamlik qilmoqda, jamoa 58 ochko to‘plagan. Ikkinchi o‘rinda kelayotgan «Atletiko» bilan farq – 12 ochko. «Atletiko» 22-tur o‘yinini birozdan keyin «Valensiya»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.xabar.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.